1 onlayn
UZ RU EN

📚 “Prezident Sh.M. Mirziyoyev asarlarini o‘rganamiz”

13.10.2026 16:18 2 marta ko'rildi

📚 “Prezident Sh.M. Mirziyoyev asarlarini o‘rganamiz”

🇺🇿 Kitob — ma’naviyat va ma’rifat manbai!

Asaka tuman axborot-kutubxona markazi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev asarlarini o‘rganish, ularda ilgari surilgan ezgu g‘oyalar, islohotlar mazmuni hamda mamlakatimiz taraqqiyotiga oid fikrlar bilan yaqindan tanishish maqsadida “Prezident Sh. Mirziyoyev asarlarini o‘rganamiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy tadbir tashkil etildi.

📖 Tadbir davomida texnikum tarix fani oʻqituvchisi M. Turgʻunova Prezident asarlarining mazmun-mohiyati, ularda yoshlar tarbiyasi, ilm-ma’rifat, kitobxonlik madaniyati va Vatan ravnaqi kabi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratilganligi haqida soʻzlab berdi.

✨ Bunday ma’rifiy tadbirlar kitobxonlarning dunyoqarashini kengaytirish, milliy qadriyatlarga hurmatni mustahkamlash hamda yoshlar qalbida Vatanga muhabbat va yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qiladi.

PDF Ko'rish
Kutubxona bot Onlayn
Salom! 👋 Qanday yordam bera olaman?