1 onlayn
UZ RU EN

#davlat_tiliga_ehtirom_milliy_qadriyatlarga_ehtirom!

13.10.2026 14:43 2 marta ko'rildi

#davlat_tiliga_ehtirom_milliy_qadriyatlarga_ehtirom!

21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tumanimizda davlat tilining nufuzini oshirish, uning sofligini saqlash hamda rasmiy ish yuritishda o‘zbek tilidan to‘g‘ri va samarali foydalanishni ta’minlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Asaka tuman axborot-kutubxona markazida "Tilga eʼtibor - kelajakka eʼtibor" mavzusida tadbir oʻtkazildi. Tadbirda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi mutaxassislari, tuman axborot-kutubxona markazi rahbari va mutaxassislari ishtirok etishdi.

Unda davlat xizmatchilarining o‘zbek tilida ish yuritish savodxonligini oshirish, imlo qoidalariga rioya etish hamda hujjatlarni davlat tilida bexato rasmiylashtirish ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida diktant olindi.

PDF Ko'rish
Kutubxona bot Onlayn
Salom! 👋 Qanday yordam bera olaman?