Jadidlar izidan: Abdulla Qodiriyning hayoti, ijodi va adabiy merosiga bir nazar
Asaka tuman axborot-kutubxona markazi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi bilan hamkorlikda ulkan maʼnaviy merosimizni oʻrganish va targʻib etishga bagʻishlangan "Jadidlar izidan: Abdulla Qodiriyning hayoti ijodi va adabiy merosiga bir nazar" nomli viktorina oʻtkazildi. Ushbu tadbir oʻzbek romanchiligining asoschisi, buyuk adib Abdulla Qodiriy hayoti va ijodiga bagʻishlandi. Ochiq muloqot va qizgʻin savol-javoblar shaklida tashkil etilgan tadbirda texnikuminig Hamshiralik yoʻnalishi 1 - kurs talabalarining "Maʼrifatparvarlar" va "Millat fidoyilari" jamoalari ishtirok etdi. Tadbir davomida Abdulla Qodiriy ijodi va hayotiga daxldor savollar oʻrtaga tashlandi. Oʻyin yakunida "Maʼrifatparvarlar" jamoasi 8:3 hisobida gʻolib boʻldilar.
Ajdodlarimiz yoqqan maʼrifat chirogʻi bugungi yoshlarimizning ham yoʻlini yoritishda davom etmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarga a'zo bo'ling!
Yangiliklar va xabarlardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling