#Mustaqillik_35_yilligi
Asaka tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan Mustaqilligimiz 35-yilligiga "Vatan qalb faxri" mavzusida suhbat oʻtkazildi.
Tadbirda Washington English School o'quv markazi oʻquvchilari ishtirok etdi. Tadbir doirasida mutaxassislar tomonidan yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, ilm-fan, sport va madaniyat sohasidagi yangiliklar bilan tanishtirildi.
Bu kabi tadbirlar bolalarning nafaqat yozgi taʼtilni maroqli oʻtkazishiga, balki ularning kelajakda yurtimiz taraqqiyotiga hissa qoʻshadigan komil insonlar boʻlib ulgʻayishiga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarga a'zo bo'ling!
Yangiliklar va xabarlardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling