1 onlayn
UZ RU EN

#oromgoh_2026

08.07.2026 15:50 30 marta ko'rildi

📚 Kotob-tafakkur qanoti
Asaka tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan "Asaka" bolalar oromgohida kitob mutolaasining inson hayotidagi o‘rni va ahamiyatini targ‘ib etishga qaratilgan  suhbat hamda "Kitob -tafakkur qanoti"  ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Tadbir davomida bolalarga kitob o‘qishning inson tafakkurini boyitishi, dunyoqarashini kengaytirishi va bilim salohiyatini oshirishdagi beqiyos o‘rni haqida qiziqarli ma'lumotlar berildi. Shuningdek, ular uchun mo‘ljallangan badiiy va bolalar adabiyotlari namoyish etilib, mutolaaning foydasi yuzasidan samimiy suhbatlar o‘tkazildi.
 Kitob – insonning eng yaqin do‘sti, ishonchli maslahatchisi va kelajak sari yo‘l ko‘rsatuvchi bebaho xazinadir. 

Yoshlarning kitobga bo‘lgan mehrini oshirish, ularni mutolaaga keng jalb etish esa ma'rifatli va barkamol avlodni tarbiyalashning muhim omillaridan biridir.‌‌

PDF Ko'rish
Kutubxona bot Onlayn
Salom! 👋 Qanday yordam bera olaman?