Asaka tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan tumandagi Kujgan MFY ga navbatdagi koʻchma kutubxona xizmati tashkil etildi.
Tashrif davomida kitobxonlarga yangi adabiyotlar taqdim etilib, ularning qiziqishlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib tavsiyalar berildi. Shuningdek, kitoblar almashinuvi amalga oshirilib, mutolaa madaniyatini targʻib etish hamda kitobxonlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratildi.
Koʻchma kutubxona faoliyati aholining kitobga boʻlgan qiziqishini oshirish, maʼnaviy-maʼrifiy bilimlarini boyitish va kitobxonlikni keng targʻib etishga xizmat qilmoqda.





Ijtimoiy tarmoqlarga a'zo bo'ling!
Yangiliklar va xabarlardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling